Hurmatli talabalar!

«Jismoniy madaniyat va sport» fani oliy ta'lim o'quv rejasining majburiy qismidir. U sizning sog'lig'ingiz, jismoniy tayyorgarligingiz va kelajakdagi kasbiy faoliyatingiz uchun zarur.

Kursning maqsadi

Sog'lom turmush tarzini shakllantirish, organizmning funksional imkoniyatlarini oshirish va jismoniy madaniyat vositalaridan hayotda va kasbda mustaqil foydalanishni o'rgatish.

Asosiy vazifalar

  • Salomatlikni mustahkamlash va kasalliklarga chidamlilikni oshirish
  • Asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish: kuch, tezkorlik, chidamlilik, egiluvchanlik, epchillik
  • Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik (KAJT): tanlagan kasbingiz (iqtisodchi) talab qiladigan jismoniy va psixofiziologik sifatlarni rivojlantirish, masalan uzoq o'tirib ishlashga chidamlilik, qaddi-qomatni saqlash, diqqat va charchoqqa bardoshlilik
  • Mustaqil shug'ullanish, o'z holatini nazorat qilish va jarohatlardan saqlanish ko'nikmalarini egallash